Sayohatni boshlasak)
Bugun hayotida burilishlar qila olgan bir o‘zbek talabasi va “Top universitetlarga grant yutish sirlari” dasturi mentori, Odiljon Xojimurodov hikoyasi bilan tanishib chiqamiz...
Keling, Odiljon qanday qilib “City University” talabasiga aylanganini o‘zidan bilib olamiz!
Maktab davrimni sog‘inaman...
Toshkent shahrida avval, 127-maktabda, keyin Prezident agentligi tasarrufidagi “Mirzo Ulug‘bek” maktabida o‘qiganman. Matematika va iqtisod fanlariga qiziqishim baland bo‘lgan.
Yuqori maktab paytlarimni juda yaxshi eslayman, ayniqsa, yotoqxonadagi hayot hech yodimdan ko‘tarilmaydi.
Maktabdan so‘ng, 1 yil tanaffus oldim.
Maktabni bitirganimdan so‘ng 1 yil tanaffus olishimga to‘g‘ri keldi. Bu bir yilni asosan o‘z ustimda ishlashga hamda yangi tajribalar orttirishga sarfladim.
Shuningdek, Alisher Isaev, Umidjon Ishmuhammedov, Hasan Mamasaidovlarga shogird tushib, o‘zimning yangi qirralarimni ochdim.

Atrof-muhit juda muhimligini tushundim.
Atrofimdagilarga havas qilib men ham top universitetlarga harakat qilishni boshladim. Maktabdan keyingi tanaffus davomida o‘rgangan bilimlarim bilan yaxshi natijalarga erishdim
Natijalarim juda baland bo‘lmasa-da, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarim va liderlik qobilyatlarim sababli bir nechta Top universitetlarga qabul qilindim.

$100 000 lik grand asosida o‘qiyman...
Hozirda dunyoda 62-o‘rinda turadigan “City University of Hong Kong”da “Global business” yo‘nalishida $100 000 grant asosida o‘qiyman. Shuningdek, yozda “MIT summer school” dasturida tahsil oldim.
Aytgancha, “IVYonaire” loyihasi asoschisiman. Kelajakdagi eng katta maqsadlarimdan biri - Dunyodagi top universitetlarga xorijliklar kirish ko'rsatkichlarida o'zbek yoshlarini birinchi o'ringa olib chiqish.