Sayohatni boshlasak)
Bugun, bolaligi Yaponiyada o'tgan, katta maqsadlarni oldiga qo'ygan 18 yoshli Prezident maktabi bitiruvchisi - Sayfullo Saidov haqida gaplashamiz.
Ayni damda, qahramonimiz “Princeton” universitetining 1-bosqich talabasi hisoblanadilar. Keling davomini, Sayfulloni o‘zlaridan eshitsak.
Maktab paytlarim yuqori ritmda o’tgan..
Toshkent shahrida avval 97-maktabda, keyin Prezident maktabida o‘qiganman. Kimyo va tarix fanlariga qiziqishim baland bo‘lgan. Hobbilarim - suzish, basketbol va Zakovat bo’lgan.
Payshanba kunlarimni jamoadoshlarimiz bilan Zakovatga sarflar edik. Hech yodimdan ko’tarilmaydi. Menimcha, eng to’g’ri qilgan qarorim Prezident maktabiga topshirganim bo’lsa kerak.

Tartibli ravishda portfolio qurdim..
Portfolio top universitetlar uchun muhim komponent bo’lgani uchun, asosiy e’tiborimni uni tartibli ravishda qurishga qaratdim.
O’qishim davomida Yapon kompaniyasida amaliyot o’tadim, yaponiyalik PhD talabasi bilan tadqiqotlar olib bordim, zakovatda jamoa kapitani, “Jahon Orolbo'yi Xayriya tashkiloti” ishlarida volyontor sifatida faoliyat yuritdim Shuningdek, “Noorganik kimyoviy sintezlar” mavzusida tadqiqot olib borganman.

Shaxsiy natijalarimga to’xtaladigan bo’lsak..
Maktab o'quvchilari kengashi prezidenti bo'lganman va faoliyatim davomida har doim muammoni kichik qadamlar orqali yechishni muhim deb bilganman. Shuningdek, jamoamiz Respublikada Zakovat mutlaq g'olibi unvonini qo'lga kiritgan.
Natijalarim juda baland bo‘lmasa-da, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarim va liderlik qobilyatlarim sababli bir nechta Top universitetlarga qabul qilindim.

$360 000 grand asosida tahsil olaman.
Shaxsiy natijalarim hamda portfoliom sababli ko’plab top universitetlarga qabul qilindim (Princeton, UCL, Warwick, Sheffield...) Hozir Princeton universitetida $360 000 ming grand asosida “Civil and Environmental Engineering” yo’nalishida tahsil olyapman.
Kelajakdagi eng katta maqsadim - dunyoning energiya barqarorligi va ekologiya muammosini hal qiluvchi o'zbek o’g’loni bo'lish.