Sayohatni boshlasak)
“Top universitetlarga grant yutish sirlari” dasturimizni ishlab chiqgan Ustozlarimiz kim ekanligi sizga qiziq bo’lsa kerak, ular haqida birma-bir tanishib chiqamiz! Ulardan birinchisi Ibrohim Iskandarov...
Keling, Ibrohim qanday qilib NYU talabasiga aylanganini o‘zidan bilib olamiz!

Maktabdan boshlasak..
Toshkent shahrida avval 195-maktabda, keyin Prezident maktabida o‘qiganman. Informatika va kimyo fanlariga qiziqishim baland bo‘lgan.
Menimcha, maktab paytida qilgan eng to‘g‘ri qarorim: zakovatda qatnashish bo‘lgan.
Biroq afsuski: olimpiadalarda qatnashmaganman.
Natijalarimga to‘xtalsak...
Darslardan tashqari Zakovat, maktab radio klubi hamda volontyorlik bilan shug‘ullanardim.
Aytgancha, Zakovat talabalar ligasida 3 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lganmiz :)

$320 000
Undan so‘ng, New York University, Abu Dhabi filialiga $320 000 grant asosida qabul qilindim. Hozirda “Machine learning” yo‘nalishida tahsil olayapman.
Orzularimdan biri o‘zbek xalqiga sun’iy intellektni yoyish va xalqimizga manfaat keltirish.