Sayohatni boshlasak)
Mentorlarimiz qanday qilib top universitetlarga qabul qilinganini yoritishda davom etamizmi? Bugun sizlar bilan, o’z davrining vunderkind talabasi, Shahzod Yo‘ldoshboyev bilan tanishamiz...
Keling, Shahzod qanday qilib “Georgetown” talabasiga aylanganini o‘zidan bilib olamiz!

Maktabda yangi tillarni o‘rganishni odat qilgandim...
Toshkent shahrida avval, 50-maktabda, keyin “Vestminster Universiteti Akademik litseyi”da o‘qiganman. Matematika, fizika va adabiyot fanlariga qiziqishim baland bo‘lgan.
Maktab davrlarimda har doim yangi til o’rganishga intilardim. 7-sinfdaligimda qanday qilib, “Intellektual shou”da televizorga chiqganimni hech yodimdan ko’tarilmaydi.

Xatoyimni tushungan kunim, o‘sishim tezlashdi..
Maktab davrlarimda, matematikaga qiziqishim tufayli olimpiadalarda qatnashardim. Va olimpiadalarning birida o’zimga yuqori baho bergandim, shu sababli umuman tayyorgarlik ko’rmadim. Natijada 2-o’rinni egalladim.
Bu xatoyimdan ko’p narsa o’rgandim.
Shaxsiy natijalarimga to’xtalsak..
Har doim lider bo’lishga va yangiliklar qilishga harakat qilardim. Yuqori maktabda sinf prezidenti bo’lganman va orada “Xitoy so’zlashuv guruhi”ga ham asos soldim.
Bu qobilyatlarim tufayli, ko’plab top universitetlarga qabul qilindim. Xusuan, “Georgetown”, “Stetson University”, “Duke Kunshan” “University of Bologna “

Jami $390 000 lik grand asosida tahsil oldim...
Va “Georgetown” universitetining “Iqtisod” yo’nalishida $320 000 miqdordagi grant asosida 4 yil tahsil oldim. Undan so’ng, $70 000 grant asosida “Tufts University”da magistrlikni tamomladim.
Eng katta maqsadlarimdan biri - Musulmon davlatlari yuqori darajadagi ta’lim olishiga va rivojlanishiga hissa qo’shish.